news-img
calendar-icon

06.03.2025

Kelajak pullari: 2030-yilga kelib moliyaviy xizmatlar qanday bo‘ladi?


Tasavvur qilin kelajakda pullar o‘z shaklini butunlay o‘zgartirib, raqamli texnologiyalar olamiga singib ketadi. 2030-yilga kelib, moliyaviy xizmatlar hayotimizning har bir sohasiga kirib boradi, naqd pullarsiz dunyoning istalgan yeridan turib savdo qilish hamda mablag‘larimizni boshqarish imkonini beruvchi ishonchli yo‘ldoshimizga aylanib ulguradi.  


Bunday olam allaqachon bizni o‘rab olgan va 2030-yilga kelib moliyaviy xizmatlar keskin o‘zgarishlarga duch kelib, har birimizning hayotimizga katta ta’sir ko‘rsatadi. E-commerce savdoda ustunlik qiladi, banklar ekotizimga aylanadi va naqd pul deyarli muomaladan chiqariladi.


Keling, kelajakdagi moliyaviy dunyo qay darajada o‘zgarishini birgalikda ko‘rib chiqaylik va 2030-yilda moliyaviy xizmatlar qanday bo‘lishini bilib olaylik!


E-commerce va darkstors (qora omborlar)

2030-yilga kelib, e-commerce global chakana savdoning uchdan bir qismini egallaydi. Bu shuni anglatadi-ki, biz aksariyat xaridlarni onlayn tarzda amalga oshiramiz. Darkstors - xaridorlarsiz avtomatlashtirilgan omborlar odatiy do‘konlar kabi mashhur bo‘ladi. Ular xaridorlarga tez yetkazib berish kabi qulaylik yaratadi.


Ekotizim banklari va BaaS  

Banklar 2030-yilga kelib yirik ekotizimlarga yoki BaaS (Banking-As-A-Service) xizmatlariga aylanadi. Birinchi holda, banklar bitta platformada moliyaviy xizmatlardan tortib, ko‘ngilochar yo‘nalishdagi turli xil xizmatlarni taklif qiladilar. Ikkinchi holda, banklar moliyaviy texnologiyalarni o‘z faoliyatiga singdira oladigan oladigan boshqa kompaniyalar uchun yetkazib beruvchiga aylanadilar. Qanday bo‘lmasin, bank xizmatlari shu qadar odatiy hayotga kirib boradiki, mijozlar qaysi bank xizmatlaridan foydalanayotgani haqida o‘ylamay qo‘yadilar. Bank xizmatlarining evolyutsiyasi, uni kelajakda ekotizimlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishga olib keladi. 


Tizimlashtirilgan moliya

Raqamli moliyaviy vositalar kundalik hayotimizga singib ketadi. Biz yoqtirgan ilovalarimiz yoki ijtimoiy tarmoqlardan chiqmagan holatda xaridlarimiz uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirishimiz, kredit olishimiz va moliyamizni qulay tarzda boshqarishimiz mumkin. 


Kelajak to‘lov tizimlari

Elektron hamyonlar: 2030-yilga kelib, elektron hamyonlardan barcha onlayn to‘lovlarning yarimidan ko‘p qismi uchun foydalaniladi. 

QR kodlari:QR kod to‘lovlari yanada ommalashadi, biroq ularning umumiy savdo aylanmasidagi ulushi asta-sekin kamayib boradi. 

Naqd pul: naqd pullarning umumiy savdo aylanmasidagi ulushi minimal darajaga tushadi, ayniqsa Shvetsiya va Norvegiya kabi rivojlangan mamlakatlarda, bu ko‘rsatkich allaqachon 5% dan pastni tashkil etmoqda. 

Biometriya: biometrik texnologiyalar bozori 2026-yilga kelib 59,3 milliard AQSh dollariga ko‘tariladi. Biometriya shaxsni aniqlash hamda to‘lovlarni avtorizatsiya qilish uchun ishlatiladi. 

Meta-koinotva kriptovalyutalar

Meta-koinot: ekotizim rivojlanishining yangi bosqichi virtual olamlar ko‘rinishida bo‘ladi. Meta-koinot olamida VR ko‘zoynaklar, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish uchun asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Kriptovalyutalar: 2030-yilga kelib, kriptovalyutalar, liberal tizim o‘rnatilgan davlatlarda keng qo‘llaniladi. 

NFT: aholi jamg‘armalarining katta ulushini NFT aktivlari egallaydi. 

Raqamli valyuta: aksariyat markaziy banklar allaqachon o‘zlarining raqamli valyutalarini ishlab chiqmoqdalar va kelgusi besh yil ichida ular jamoatchilikka taqdim etilishi kutilmoqda. 


2030-yilga kelib moliyaviy dunyo yanada raqamli, qulay va hayotimizga integratsiyalashgan bo‘ladi. Biz ehtiyotkorlik bilan to‘lovlarni amalga oshiramiz, meta-koinotdagi moliyaviy mablag‘larimizni boshqaramiz va 2030-yilda kripto-valyutalar va NFTlar kabi yangi innovatsion moliyaviy mahsulotlardan foydalanamiz. 


Tavsiya qilamiz

team