06.03.2025
2030-yilga kelib, sun’iy intellekt yanada kuchliroq va aqlliroq bo‘lib, bugungi kunda orzu qilishimiz mumkin bo‘lgan yangi imkoniyatlarni ochib berishi taxmin qilinmoqda.
Mutaxassislar SI quyidagilarga qodir bo‘lishini taxmin qilishmoqda:
- odamlar bajarayotgan odatiy vazifalarning 80 foizi avtomatlashtiriladi. Bu ko‘plab sohalarda yuqori mahsuldorlik va samaradorlikka olib kelishi, ammo ish joylarini yo‘qotish bilan bog‘liq muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin;
- dori-darmonlarni mustaqil ravishda ishlab chiqish hamda yangi turdagi dorilarni kashf etish. Sun’iy intellekt texnologiyalari ma’lum xususiyatlarga ega yangi dorilar va dori vositalarini yaratish uchun kimyoviy birikmalar va biologik jarayonlar haqidagi katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qila oladi;
- elektr stantsiyalari va transport tarmoqlari kabi murakkab texnik tizimlarni boshqarish. SI ushbu tizimlar faoliyatini muvofiqlashtirishi hamda ularni yanada samarali va xavfsizroq qilishi mumkin;
- foydalanuvchilarga moslashtirilgan mahsulotlar va xizmatlarni taklif qilish. Si kelajakda foydalanuvchilar ma’lumotlarini tahlil qilib, ularga kino va musiqa kabi ko‘ngilochar dasturlar tavsiyalaridan tortib, moslashtirilgan ta’lim va davolash uslublarini ham taklif qiladi;
- virtual dunyo va o‘yinlar kabi ko‘ngilochar dasturlarning yangi shakllarini yaratish.SI foydalanuvchining kayfiyati va istaklariga moslashadi. Bugungi kunda sun’iy intellekt bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda va ayrim tadqiqotlar natijalari ba’zida ongimizni hayratda qoldiradi.
Masalan, Gartner tadqiqotiga ko‘ra, 2030-yilga kelib, SI odamlar bajarayotgan odatiy vazifalarning 80 foizini avtomatlashtiradi. Shuningdek, McKinsey tadqiqoti ko‘ra, 2030-yilga kelib, sun’iy intellektning global iqtisodiyotga qo‘shgan hissasi 13 trillion AQSh dollarini tashkil etishi taxmin qilinmoqda. Pew Research Center so‘roviga asosan, amerikaliklarning 70 foizi SI zarardan ko‘ra ko‘proq foyda keltiradi deb o‘ylamoqdalar. Ammo biz, tanganing ikki tomoni borligini unutmasligimiz kerak va SI bilan bog‘liq barcha xavf-xatarlarni hisobga olishimiz zarur.
Sun’iy intellektning rivojlanishi, albatta, insoniyat uchun ulkan imkoniyatlarni ochib beradi, biroq quyida keltirilgani kabi jiddiy muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin:
- axloqiy masalalarni: SI insoniyatga zarar yetkazish uchun emas, balki uning foydasi uchun ishlatilishi; SI algoritmlarida kamsitish va tarafkashlikni oldini olish;
- xavfsizlik: foydalanuvchi ma’lumotlarini kiber hujumlardan himoya qilish; SI tomonidan avtonom ravishda qurol yaratilishining oldini olish;
- ijtimoiy oqibatlar: avtomatlashtirish natijasida mehnat bozoridagi salbiy o‘zgarishlarga moslashish; SI rivojlanishining samarasi nafaqat tanlanganlar uchun, balki hamma uchun ochiq bo‘lishini ta’minlash.
SI 2030-yilda insoniyatga foyda keltirishi uchun biz bugun uning xavfsiz va axloqiy rivojlanishini qanday ta’minlash ustida ishlashimiz kerak. SI butun insoniyat manfaati uchun xizmat qiladigan kelajakni yaratishimiz uchun birgalikda harakat qilishimiz kerak.
03.03.2025
IT-sohasidagi eng istiqbolli yo‘nalishlar Google, Apple yoki Amazon kabi IT-gigantlarida ishlashni orzu qilasizmi? SI (AI), kiberxavfsizlik yoki bulutli texnologiyalar sohalarida ishlash orqali kelajakni yaratmoqchimisiz? Unda ushbu post siz uchun!
Maqolani o'qib chiqish30.05.2025
Инвестирование — это не азартная игра, а вдумчивая стратегия, выстроенная в соответствии с личными целями и горизонтом. Даже самый простой и понятный подход может принести результат, если он основан на здравом смысле, дисциплине и долгосрочном мышлении.
Maqolani o'qib chiqish