
10.02.2026
Joriy yilning 6-fevralidan boshlab banklarning eGov orqali foydalanuvchi ma’lumotlariga kirish imkoniyati vaqtincha cheklangan. Shu sababli endi Open muddatli to‘lovini rasmiylashtirish uchun banklarga oldindan rasmiy davlat servislarida ruxsat berish kerak bo‘ladi.
Bu xavfsiz, bir necha daqiqa vaqt oladi va hammasi smartfon orqali amalga oshiriladi.
Quyida bosqichma-bosqich yo‘riqnoma keltirilgan.
Boshlash uchun OneID tizimida avtorizatsiyadan o‘tish zarur. OneID - bu shaxsni tasdiqlash uchun mo‘ljallangan rasmiy davlat servisidir.
Siz quyidagilardan birini tanlashingiz mumkin:
id.egov.uz saytidagi profilingizga kirish;
OneID rasmiy mobil ilovasidan foydalanish.
Agar birinchi marta kirayotgan bo‘lsangiz, avval ro‘yxatdan o‘tishingiz talab qilinadi.
Keyingi bosqichda MyGov servisida Mobile-ID orqali shaxsni tasdiqlash kerak bo‘ladi.
MyGov ilovasiga kiring;
Qidiruvga Mobile-ID deb yozing;
“Mobile-ID orqali jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish” xizmatini tanlang;
So‘ng tizim avtomatik ravishda pasport ma’lumotlari va tug‘ilgan sanani yuklaydi.
O‘zingiz nomingizga rasmiylashtirilgan telefon raqamini kiriting;
SMS orqali kelgan kodni tasdiqlang;
MyID orqali tekshiruvdan o‘ting va selfi qiling;
Ro‘yxatdan o‘tish muvaffaqiyatli tasdiqlanishini kuting.
Ro‘yxatdan o‘tgach, OneID tizimiga qayting va quyidagilarni bajaring:
“Boshqaruv” bo‘limini oching;
Servisdan foydalanish shartlarini qabul qiling va “Xizmatni faollashtirish” tugmasini bosing;
“Mobile-ID orqali” variantini tanlang;
Telefon raqamingizni kiriting;
SMS orqali kelgan kodni tasdiqlang;
Ilovani qayta ishga tushiring va yana “Boshqaruv” bo‘limiga kiring;
Qidiruvga Agrobank va Xalq Bank nomlarini kiriting hamda “Kirishga ruxsat berish” tugmasini bosing.
Tayyor - endi Open muddatli to‘lovini rasmiylashtirishingiz mumkin.
Ruxsat berilgandan so‘ng banklar kerakli ma’lumotlarni olish imkoniga ega bo‘ladi va siz Open muddatli to‘lovini kechikishlarsiz rasmiylashtirasiz.
Barcha amallar faqat rasmiy davlat servislarida amalga oshiriladi.
Ma’lumotlar himoyalangan va faqat xizmatni rasmiylashtirish uchun ishlatiladi.

06.03.2025
Tasavvur qilin kelajakda pullar o‘z shaklini butunlay o‘zgartirib, raqamli texnologiyalar olamiga singib ketadi. 2030-yilga kelib, moliyaviy xizmatlar hayotimizning har bir sohasiga kirib boradi, naqd pullarsiz dunyoning istalgan yeridan turib savdo qilish hamda mablag‘larimizni boshqarish imkonini beruvchi ishonchli yo‘ldoshimizga aylanib ulguradi.
Maqolani o'qib chiqish
03.03.2025
IT-sohasidagi eng istiqbolli yo‘nalishlar Google, Apple yoki Amazon kabi IT-gigantlarida ishlashni orzu qilasizmi? SI (AI), kiberxavfsizlik yoki bulutli texnologiyalar sohalarida ishlash orqali kelajakni yaratmoqchimisiz? Unda ushbu post siz uchun!
Maqolani o'qib chiqish