
13.03.2025
Raqamli transformatsiya sharoitida, biznes uchun marketpleyslar global tijoratning ajralmas qismiga aylanib, ishbilarmonlar o‘z bizneslarini kengaytirishlari uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatlarni taqdim etmoqda.
Ushbu platformalar nafaqat sotuvchilar va xaridorlarni bog‘laydigan makon sifatida, balki ishonchli hamkorlarni topish, ta’minot bosqichlarini maqbullashtirish hamda yangi bozorlarga kirish imkoniyatlarini ochuvchi ekotizimlarni yaratadi.
Biznes uchun ko‘plab savdo-platformalari orasida jahonga mashhur bo‘lgan hamda o‘z nomini brendga aylantirgan marketpleslar keng turdagi mahsulotlar taklifi va yuqori darajada xizmat ko‘rsatish bilan ajralib turadi.
Alibaba - bu xitoylik yetkazib beruvchilar tomonidan keng turdagi mahsulotlarni taklif qiluvchi dunyodagi eng yirik biznes platformalaridan biridir. Mahsulotlarning katta tanlovi va arzon narxlari ushbu savdo-platformasini kuchli o‘yinchiga aylantiradi. 2023-yil holatiga ko‘ra, “Alibaba”ning yillik xalqaro tranzaksiyalari hajmi 60 milliard dollardan (AQSh) oshgan.
Amazon Business - Amazonning korporativ mijozlarga qaratilgan B2B bo‘limi. Ushbu marketpleys foydalanuvchilar uchun qulay interfeys, mahsulotlarning keng tanlovi va tezkor yetkazib berish xizmatlarini taklif qiladi. 2023-yil holatiga ko‘ra, Amazon Business yillik savdosi 35 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan.
India MART - Hindistondagi eng yirik biznes-platformasi. Sotuvchilarning kengaytirilgan bazasi, mahsulotlarning katta tanlovi hamda asosiy savdo e’tibori mamlakatning ichki bozoriga qaratilganligi uni yanada jozibador qiladi.
O‘zbekistonda qulay sarmoyaviy muhit va onlayn-tijoratga talab ortib borayotgani tufayli biznesga yo‘naltirilgan elektron tijorat platformalarida sezilarli o‘sish kuzatildi. Open Market kabi biznes uchun savdo-platformalari korxonalarga kerakli mahsulotlarni, raqamlashtirilgan bir savdo makoni ichida bir zumda sotib olish imkonini beradi.

15.08.2025
В последние годы рассрочка в Узбекистане перестала быть экзотикой. Магазины бытовой техники, маркетплейсы, застройщики и даже сервисы онлайн-услуг активно предлагают покупателям возможность платить частями без переплаты.
Maqolani o'qib chiqish
10.09.2025
“Birinchi yarim yillik – bu mustahkamlik sinovi”, – deya ta’kidlashi mumkin mamlakatdagi har qanday tadbirkor. O‘zbekiston uchun 2025-yilning ilk yarmi aynan shunday sinov bo‘ldi – ham raqamlarda, ham biznes kun tartibi sifatida. Statistika tarafidan qaralganda, manzara ijobiy: iqtisodiyot tezlashdi, tashqi savdo kengaydi, biznes uchun moliya yanada qulaylashdi – jumladan, raqamli platformalar orqali.
Maqolani o'qib chiqish
06.03.2025
Biz sun’iy intellekt (SI) fantastik orzudan haqiqatga aylanib, smartfonlardagi ovozli yordamchilardan tortib, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqaradigan murakkab algoritmlargacha SI ishtirok etayotgan, hayotimizning barcha sohalariga kirib borayotgan davrda yashayapmiz.
Maqolani o'qib chiqish