14.03.2025
Texnologiya ilg‘orlab borayotgan zamonaviy dunyoda moliya sohasi faqatgina bank operatsiyalari bilan bog‘lanib qolmay, yanada qulay vositalarni ham ko‘rib chiqmoqda. An’anaviy moliya institutlari o‘rnini, to‘lovlar va kreditlashdan tortib investitsiyalar va sug‘urtagacha turli xizmatlarni birlashtirgan kuchli ekotizimlar egalladi.
Keling, bunday ekotizimlarning eng yorqin misollarini ko‘rib chiqaylik va ularning kuchi nimada ekanligini bilib olaylik.
Sharqning gigant ekotizimi - Alibaba bilan boshlaymiz. Uning AliPay to‘lov tizimini o‘z ichiga olgan Ant Group moliyaviy tarmog‘i dunyodagi eng yirik raqamli moliyaviy ekotizimlardan biri hisoblanadi. Alibaba’ning kuchi moliyaviy xizmatlarni o‘zining keng elektron tijorat platformasiga integratsiyalashuvidandir. Bu foydalanuvchilarga Alibaba ekotizimidan chiqmasdan xarid qilish, hisob-kitoblarni to‘lash, sarmoya kiritish va kredit olish imkonini beradi.
Navbatda, shimoliy Amerikaning gigantlari - Apple hamda PayPal’ga o‘tamiz. AQShda raqamli moliya sohasida ham o‘z yetakchilari bor. Apple o‘zining Apple Pay xizmati yordamida mobil to‘lovlar olamiga mustahkam kirdi. PayPal esa oʻzining keng foydalanuvchilar tarmogʻi va onlayn toʻlovlar uchun qulay vositalariga ega boʻlib, global elektron tijoratning asosiy o‘yinchilaridan hisoblanadi.
Janubiy Koreyada Kakao nomi ostida, o‘zida KakaoTalk messenjeri, KakaoPay to‘lov tizimi hamda KakaoBank bank xizmatlarini birlashtirgan noyob ekotizim yaratidi. Kakao, mobil ilova qanday qilib millionlab odamlarning moliyaviy hayotining markaziga aylanishiga misoldir.
Lotin Amerikasida joylashgan Braziliyaning Nubank FinTech startapini ham ta’kidlab o‘tish joiz. Kompaniya mobil ilova orqali oddiy va qulay moliyaviy xizmatlarni taklif etib, ilgari an‘anaviy bank xizmatlaridan foydalana olmagan millionlab mijozlarni jalb qiladi.
Moliyaviy ekotizimlar shunchaki tendensiya emas, balki moliyaning kelajagidir. Qulay va integratsiyalashgan xizmatlarni yarata oladigan kompaniyalar bu poygada yetakchilik qiladi. Biz foydalanuvchilar esa, istalgan vaqtda va istalgan joyda mavjud bo‘lgan kengroq moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
14.08.2025
Ниже — обзор того, как в стране получают лицензии EMI-операторы (Электронная денежная организация), платежные и крипто-кастодианы, какие требования предъявляются к участникам рынка и какие последствия грозят за нарушения.
Maqolani o'qib chiqish25.03.2025
Shiddat bilan rivojlanayotgan ushbu zamonda hayotimizning har bir jabhasiga texnologiyalarni singdirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Ularning yordami bilan sohalardagi mavjud muammolarni yengib, yanada qulay, xavfsiz va barqaror jamiyat qurish mumkin.
Maqolani o'qib chiqish12.03.2025
Tasavvur qiling-a, mavjud bo‘lgan eng kuchli kompyuterlar ham yenga olmaydigan muammolarni hal qila oladigan super kompyuter ixtiro qilinsa. Bu ilmiy fantastika emas, balki bizning eshigimizni qoqib turgan haqiqat.
Maqolani o'qib chiqish