10.09.2025
“Birinchi yarim yillik – bu mustahkamlik sinovi”, – deya ta’kidlashi mumkin mamlakatdagi har qanday tadbirkor. O‘zbekiston uchun 2025-yilning ilk yarmi aynan shunday sinov bo‘ldi – ham raqamlarda, ham biznes kun tartibi sifatida. Statistika tarafidan qaralganda, manzara ijobiy: iqtisodiyot tezlashdi, tashqi savdo kengaydi, biznes uchun moliya yanada qulaylashdi – jumladan, raqamli platformalar orqali.
Iqtisodiyot ritmni belgilaydi
B2B uchun asosiy tayanch – bazaviy talabning o‘sishi. Yanvar – iyun oylarida YAIM 7,2% ga o‘sib, 807,9 trln so‘mga yetdi. Bu endi baho emas, balki O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasining yakuniy ma’lumotlari. Bir qarashda quruq raqamlar, ammo tadbirkorlar tili bilan aytganda – bu ko‘proq loyihalar, shartnomalar va xaridlar demakdir.
Shartnoma va xaridlarning o‘sishi nafaqat yangi ishlab chiqarish quvvatlarini, balki qulay moliya boshqaruvi vositalarini ham talab qiladi. Shu sababli biznes tobora ko‘proq raqamli ekotizimlarga o‘tmoqda (masalan, Openbank (Smartbank)). Bankning birgina ilovasi orqali kompaniya hisoblar, buxgalteriya, to‘lovlar va hatto xaridlar uchun muddatli to‘lov imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bugungi tadbirkorlar aylanmadan yukni yengillashtiradigan vositalarni ko‘proq tanlamoqdalar: Openbank (Smartbank)ning muddatli to‘lovi (xomashyo va texnika xaridi uchun 5 mlrd so‘mgacha, 24 oygacha muddat bilan) yoki ITFC orqali islomiy moliyalashtirish – foizsiz va spekulyatsiyasiz moslashuvchan resurs hisoblanadi. Shaffoflikni muhim deb biluvchilar uchun “0%da muddatli to‘lov” sxemasi mavjud, bunda xarajatni xaridor emas, balki yetkazib beruvchi qoplaydi. Shuningdek, islomiy moliya tamoyillariga rioya qiluvchilar uchun Murabaha amal qiladi: foiz o‘rniga oldindan ma’lum qo‘shimcha narx. Bularning barchasi biznesni yashirin ortiqcha xarajatlarsiz rivojlantirish imkonini beradi.
Tashqi savdo imkoniyatlar doirasini kengaytirmoqda
Biznes dvigateli – bu, avvalo, tovar harakati. Yarim yillik tashqi savdo aylanmasi $37 mlrd (+16,1%) ni tashkil etdi: eksport – $16,9 mlrd, import – $20,1 mlrd. B2B uchun bu logistika, sertifikatlash va sug‘urta xizmatlarining jonlanishini, shuningdek, aylanmalarni moliyalashtirish uchun yangi talabni anglatadi.
E-commerce qoidalari aniqroq va tushunarliroq bo‘ldi
2025-yil 1-iyuldan boshlab, elektron tijorat ishtirokchilariga yangilangan talablar kuchga kirdi: marketpleys/aggregator operatori faqat O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan yuridik shaxs bo‘lishi mumkin. Bu B2B uchun ikki yangilik demakdir:
- Xarajatlar: norezidentlar faoliyatini lokalizatsiya qilishi (mahalliylashtirishi) va jarayonlarni talabga moslashtirishi kerak.
- Foyda: bozor fiskal aniqlikka ega bo‘ladi, mahalliy yetkazib beruvchilar esa raqamli transformatsiya va KYC (Know Your Customer) ga rag‘bat oladi.
Lokalizatsiya qilingan (mahalliylashgan) ishtirokchilar uchun bu zamonaviy infratuzilmaga qo‘shilish imkoniyati. Masalan, Openbank (Smartbank) modeli faoliyati avvalidan raqamli: hisob-raqamini onlayn ochishdan tortib, davlat xizmatlari integratsiyasigacha. Natijada biznes bir ilovada nafaqat bank xizmatlarini, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri e-commerce xizmatlariga ham kirish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Xalqaro institutlar KOB rivojlanishiga tayanch bo‘lmoqda
Xususiy kapitaldan tashqari, mamlakatda XMI (xalqaro moliya institutlari)ning moliyaviy ko‘magi ham davom etmoqda. Masalan, may oyida YETTB SQB bankiga Youth in Business dasturi doirasida $25 mln ajratdi – bu yoshlar tadbirkorligi va KOB (kichik va o‘rta biznes) uchun yo‘naltirilgan resurs hisoblanadi. Bunday liniyalar bank balansini yanada moslashuvchan qilib, B2B takliflarini esa kengaytiradi.
Bundan tashqari, mamlakatga islomiy moliyalashtirishning yangi shakllari kirib kelmoqda – masalan, Commodity Murabaha (tovar murabaha). Ushbu sxema doirasida Agrobank Standard Chartered’dan resurs jalb qildi va Openbank (Smartbank) platformasi orqali islomiy moliya tamoyillari asosida biznesni moliyalashtirdi. Bu jarayonda Openbank (Smartbank) Agrobankning rasmiy operatsion va investitsion agenti sifatida chiqdi hamda tovar murabaha bitimini tashkil qildi. Bunday yondashuv KOB uchun vositalar spektrini kengaytiradi va O‘zbekistonni investorlar uchun jozibador qiladi.
Qayerda talab o‘smoqda va nima to‘sqinlik qilmoqda?
To‘siqlar rivojlanayotgan bozorlar uchun odatiy holdir. Xarid va xatar menejmentida zararni qoplaydigan vositalar yetarli emas, ta’minot zanjirlari bo‘yicha uzluksiz bajariladigan tadqiqotlar kam, logistika sohasida esa mahalliy “tor bo‘g‘inlar” mavjud.
2025-yilning ikkinchi yarmida B2B uchun bu nimani anglatadi?
- O‘sishni rejalashtirish: H2 uchun mo‘ljal – aylanma mablag‘ zaxirasini saqlash va manbalarni diversifikatsiya qilish.
- Raqamli konturlarni lokalizatsiya qilish (mahalliylashtirish): agar siz e-commerce ishtirokchisi bo‘lsangiz, huquqiy tuzilmangiz va jarayonlaringiz rezidentlik talablariga mos kelishini tekshiring.
- Uzoq muddatga reja qilish: XMI (YETTB va boshqalar) dasturlarini kuzatib boring – ular ko‘pincha KOBning aniq segmentlari uchun “imtiyozli loyihalarni” taqdim etishadi.
Shuningdek, Openbank (Smartbank) tomonidan B2B vakillari uchun to‘rt xil tarif paketi mavjud bo‘lib, eng asosiysi – dastlabki uch oy xizmat ko‘rsatish mutlaqo bepul:
- LITE – kichik biznes uchun (aylanmasi 100 mln so‘mgacha);
- PRO va ULTRA – o‘rta biznes uchun (100 mln so‘mdan 1 mlrd so‘mgacha);
- PREMIUM – yirik kompaniyalar uchun (1 mlrd so‘mdan yuqori aylanma bilan), bunda banklararo o‘tkazmalar bepul.
Bunday tanlov kompaniyalarga o‘z miqyosiga mos xarajatlarni optimallashtirish imkonini beradi.
Yarim yillik shuni ko‘rsatdiki – O‘zbekiston biznes maydoni epizodik yutuqlardan tizimlilikka o‘tmoqda. Iqtisodiyot tezlashmoqda, qoidalar aniqroq bo‘lmoqda, moliyaviy infratuzilma esa texnologik tus olmoqda. Bu konfiguratsiyada raqamli relsga tez o‘tadigan va banklar bilan hamkorlikni yaxshilaydigan B2B kompaniyalar yutmoqda.
23.04.2025
Каждому родителю хочется видеть своего ребенка счастливым и успешным. Финансовая независимость, это важная составляющая часть успеха. Но как передать детям мудрость обращения с деньгами? Как научить ребенка управлять деньгами, копить и инвестировать?
Maqolani o'qib chiqish11.07.2025
Shaxsiy moliyaviy savodxonlik — bolalikdan rivojlantirish lozim bo‘lgan ko‘nikma hisoblanadi. Bugun yurtimizning ayrim banklarida bolaga pul bilan ishlash asoslarini o‘rgatishga yordam beradigan, ota-onaga esa to‘liq shaffoflik va nazoratni taʼminlaydigan vositalar taklif qilinmoqda.
Maqolani o'qib chiqish