25.03.2025
Investitsion savodxonlik
Ko‘plab insonlar katta sarmoyalar faqat boylar uchun deb hisoblaydilar. Ammo bu haqiqatdan uzoqdir! Kichik byudjet bilan ham o‘z sarmoyangizni qurishingiz va moliyaviy mustaqillikka erishishingiz mumkin. Asosiysi, to‘g‘ri yondashuv va ba’zi vositalarni bilish.
Keling, birgalikda investitsiya qilish faqat boylarga taqdim etilgan imtiyoz degan afsonaviy fikrni yo‘q qilaylik.
Inflyatsiya odamlar jamg‘armalarini muqarrar ravishda yeb qo‘yayotgan zamonaviy dunyoda investitsiya sarmoyani saqlash va ko‘paytirishning zarur vositasiga aylanmoqda.
Sizni hayratda qoldiradigan faktlar
Fraksiyonel aksiyalar. Bugungi kunda brokerlar fraksiyonel aksiyalarni sotib olish imkoniyatini taklif qilmoqdalar, bu hattoki qimmat kompaniyalarga ham minimal miqdorda sarmoya kiritish imkonini beradi. Tasavvur qiling-a, siz Amazon aksiyalariga sarmoya kiritmoqchisiz, har bir aksiya narxi 3000 dollardan oshadi. Fraksiyonel aksiyalar atiga 300 dollar sarmoya kiritib, 0,1 aksiyani sotib olish imkonini beradi.
Birja fondlari (ETF). Ko‘plab investitsion fondlarning boshlang‘ich takliflari past bo‘lib, bu imkoniyatlar investorlikni boshlayotgan tadbirkorlar uchun ulay usul hisoblanadi. Birja fondlari har bir qimmatli qog‘ozni alohida-alohida sotib olmasdan, aktsiyalar yoki obligatsiyalar portfeliga sarmoya kiritish imkonini beradi. Masalan, S&P 500 ETF loyihasi AQShning 500 ta eng yirik kompaniyalariga kichik miqdordan boshlab sarmoya kiritish taklifini beradi. Bunda oltinga yo‘naltirilgan ETFlarni ham sotib olish mumkin.
Muntazamlik. Hatto kichik, ammo muntazam investitsiyalar murakkab foiz effekti tufayli vaqt o‘tishi bilan sezilarli natijalarga olib kelishi mumkin. Aytaylik, siz yiliga 8% daromad bilan oyiga 100 dollar sarmoya kiritasiz. 20 yildan so‘ng sizning kapitalingiz taxminan 60 000 AQSh dollarini tashkil qiladi, shundan taxminan 36 000 AQSh dollari murakkab foizlar hisobidan foydadir. Hozirda murakkab foizlarni hisoblash imkonini beruvchi ko‘plab onlayn kalkulyatorlar mavjud.
Diversifikatsiya. Investitsiyalaringizni turli aktivlar (aksiya, obligatsiya, fondlar) bo‘ylab tarqatish, portfelingizga bozor o‘zgarishlarining ta’sirini kamaytirishga yordam beradi. Turli sohalar va hududlarga sarmoya kiritish ham diversifikatsiyaga yordam beradi.
Uzoq muddatli investitsiyalar. Investitsion davr qanchalik uzoq bo‘lsa, yuqori daromad olish ehtimoli ham shunchalik baland bo‘ladi. Fond bozori uzoq muddatda ko‘tarilish tendensiyasini ko‘rsatmoqda.
Texnologiyalar. Bugun ko‘plab mobil ilovalar va onlayn platformalar mavjud bo‘lib, ular hattoki boshlang‘ich investorlar uchun ham investitsiya qilishni qulay qilmoqda.
Robo-maslahatchilar. Sizning maqsadlaringizdan kelib chiqib portfel yaratish va xavfsiz boshqarishga yordam beradigan avtomatlashtirilgan investitsiya xizmatlaridir.
Betterment va Wealthfront kabi xizmatlar portfellarni optimallashtirish va aktivlarni muvozanatlash uchun algoritmlardan foydalanadi, bu ayniqsa boshlang‘ich investorlar uchun foydalidir. Ushbu xizmatlar juda ishonchli hisoblansa-da, o‘ziga xos xatarlar mavjud. Hozirda bu xizmatlar faqat AQSh fuqarolari uchun xizmat qiladi.
O‘zbekistonda avtomatlashtirilgan investitsiya xizmatlari rivojlanish bosqichida. Bugungi kunda Uzinvest.uz O‘zbekistondagi eng yirik sarmoyaviy platforma hisoblanadi. Ushbu platforma toʻliq avtomatlashtirilgan xizmat boʻlmasa-da, investitsiyalaringizni yanada samaraliroq boshqarishga yordam beradigan vositalar va jarayonlarni taklif etadi.
Shuningdek, kapital bozoridagi investitsiyalarni boshqarish xizmati JETT platformasi ham faol rivojlanmoqda. U jismoniy shaxslarga “Toshkent” Respublika Fond Birjasida ishtirok etuvchi kompaniyalarning aksiyalari bilan birja savdo jarayonlarini avtomatlashtiradigan mobil ilova orqali savdo qilish imkonini beradi.
Yana bir investitsiya xizmati – ATMOS bo‘lib, u to‘lov jarayonlarini avtomatlashtirish uchun FinTech yechimlarini taqdim etuvchi to‘lov tashkiloti hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda avtomatlashtirilgan investitsiya xizmatlari bozori rivojlanishda davom etmoqda.
26.03.2025
Ommabop elektron hamyonlar va ularning kundalik hayotdagi o‘rni Raqamli texnologiyalar hayotimizning barcha jabhalariga kirib kelayotgan bugungi kunda elektron hamyonlar moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ajralmas vositaga aylanmoqda.
Maqolani o'qib chiqish26.05.2025
В условиях нестабильных расчётов и затяжных сроков оплаты всё больше компаний в Узбекистане сталкиваются с типичной, но болезненной проблемой: товар отгружен, договор подписан, а деньги поступят лишь через месяц или даже два.
Maqolani o'qib chiqish16.03.2025
Rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta shunchaki qalqon vazifasida emas, balki har qanday musibatdan himoya qiluvchi qo‘rg‘on sifatida qabul qilinadi. Hayot shiddat bilan o‘tayotgan hamda ertangi porloq kelajakka bir oz xavf tuyg‘usi bilan shakllanayotgan rivojlangan davlatlarda sug‘urta kundalik hayotning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan.
Maqolani o'qib chiqish