12.03.2025
Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan biznes olamda HR-mutaxassislari izlanuvchan va moslashuvchan bo‘lishlari talab etilmoqda. Texnologiyalar HR mutaxassislariga jarayonlarni muvofiqlashtirish, ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish va xodimlarning umumiy ish sifatini yaxshilash imkonini bermoqda.
Texnologiyalarni qo‘llash samaradorligi bir nechta asosiy jihatlarda namoyon bo‘ladi, masalan:
Jarayonlarni muvofiqlashtirish: arizalarni ko‘rib chiqish, ish haqqi va ta’tilni boshqarish kabi kundalik vazifalarni avtomatizatsiyalash HR-mutaxassislarini yanada muhim vazifalarni bajarishlari uchun imkon yaratadi.
Ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish: HR-tahlillari xodimlar ma’lumotlarini to‘plash va tahlil qilish imkonini beradi, bu esa xodimlarni yollash, o‘qitish va rivojlantirish bo‘yicha ongli qarorlar qabul qilishga yordam beradi.
Xodimlarning malakasini yaxshilash: texnologiya individuallashtirilgan o‘quv dasturlarini yaratishga, o‘z vaqtida fikr-mulohazalarni taqdim etishga va aloqani yaxshilashga imkon beradi, bu esa xodimlarning faolligi va layoqatini oshiradi.
Ishga qabul qilish samaradorligini oshirish: nomzodlarni ishga qabul qilishni kuzatish tizimlari, (ATS) va SIga asoslangan vositalar eng yaxshi nomzodlarni tezroq va samaraliroq topishga imkon beradi.
Xarajatlarni kamaytirish: jarayonlarni avtomatlashtirish va ishga yollashni muvofiqlashtirish HR vazifalari xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi.
Natijada, zamonaviy HR-texnologiyalaridan unumli foydalanayotgan kompaniyalar xodimlarni yanada samarali boshqarish va ularning ish sifatini yaxshilash orqali raqobatdosh ustunlikka ega bo‘ladilar.
Zamonaviy HR texnologik vositalari
Xodimlarni boshqarish tizimlari (HRMS):
HRMS - bu HR-mutaxassislariga turli vazifalarni avtomatlashtirish va muvofiqlashtirishga yordam beradigan keng qamrovli dasturiy yechim bo‘lib, ishga qabul qilish; imtiyozlarni taqdim etish; ish haqini boshqarish; ish samaradorligini boshqarish; xodimlar malakasini oshirish; rivojlantirish; ma’lumotlarni tahlil qilish; hisobot o‘z vaqtida taqdim etishga katta hissa qo‘shadi.
HRMS HR-mutaxassislariga vaqt va mablag‘ni tejashga, ma’lumotlarni tekshirishga va xodimlar layoqatini oshirishga yordam beradi.
Nomzodlarni kuzatish tizimlari (ATS):
ATS – HR-mutaxassislariga ishga qabul qilish jarayonini boshqarishda yordam beradigan dastur bo‘lib, maxsus ilova hamda ijtimoiy tarmoqlarda bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi e’lonlarni joylashtirishga yordam beradi. Shuningdek, nomzodlarning arizalarini ko‘rib chiqish, rezyumelarni saqlab olish (skrining), suhbatlarni rejalashtirish, nomzodlarning fikr-mulohazalarini to‘plash, ATS HR-mutaxassislarga ishga qabul qilish jarayonini muvofiqlashtirishga va ochiq lavozimlarga eng yaxshi nomzodlarni topishga yordam beradi.
Ta’limni boshqarish dasturi (LMS)
LMS – HR-mutaxassislarga xodimlarni o‘qitish dasturlarini yaratish va boshqarishda yordam beradigan dastur bo‘lib, onlayn kurslarni yaratish; xodimlarning ish faoliyatini kuzatish; baholash; fikr-mulohazalarni taqdim etish kabi vazifalarni bajaradi.
LMS HR-mutaxassislariga xodimlarning o‘z ish o‘rinlarida (lavozimlarida) muvaffaqiyatga erishishlari uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini ta’minlashga yordam beradi.
Xodimlarni tahlil qilish vositalari
Xodimlarni tahlil qilish vositalari HR-mutaxassislariga xodimlar ma’lumotlarini to‘plash va tahlil qilishda yordam beradi. Ushbu ma’lumotlar ishga qabul qilish, malaka oshirish, rag‘batlantirish va boshqa HR vazifalari to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun qo‘llanilishi mumkin.
Xodimlar bilan ishlash vositalari
Xodimlar bilan ijobiy munosabatlarni o‘rnatish vositalari HR-mutaxassislariga xodimlar bilan muloqot sifatini oshirishga yordam beradi. Ushbu vositalar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin: ijtimoiy tarmoqlar; so‘rovnomalar.
Xodimlar bilan ijobiy munosabatlarni o‘rnatish vositalari HR-mutaxassislariga tashkilotda samarali ish muhitini yaratishda yordam berishi mumkin.
Sun’iy intellekt (SI)
HR sohasida SIning keng ko‘lamda qo‘llanilishi sohadagi vazifalarni avtomatlashtirish, xodimlar tajribasini shaxsiylashtirish va ma’lumotlarga (faktlarga) asoslangan qarorlarni qabul qilishda o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. SI quyidagi yo‘nalishlarda ko‘mak berishi mumkin: rezyumelarni nusxalash; suhbatlarni rejalashtirish; shaxsiylashtirilgan ta‘lim bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berish; ketish xavfi bo‘lgan xodimlarni aniqlash.
SI HR sohasini rivojlantirish va xodimlarning ish sifatini yaxshilash salohiyatiga ega. SI nomzodlarni jalb qilishni avtomatlashtirish orqali HR-mutaxassislarining vaqtini sezilarli darajada tejaydi. HR sohasining raqamlashtirilishi (HR digital transformation) mehnat bozorini tubdan o‘zgartirmoqda.
2025-yilning eng yaxshi HR texnologiyalari rivojlanishda davom etmoqda va xodimlarni boshqarish uchun barcha yangi imkoniyatlarni taqdim etmoqda.
12.03.2025
Tasavvur qiling, haqiqat va virtual dunyo o‘rtasidagi chegaralar deyarli yo‘q hamda siz bu dunyoda har kim bo‘lishingiz va har kim bilan muloqot qilishingiz mumkin. Bu dunyo fantastika emas, balki tez yaqinlashib kelayotgan haqiqatdir.
Maqolani o'qib chiqish05.08.2025
На фоне бурного технологического прогресса и стремительного расширения финтех-сектора, особенно в странах с формирующимися экономиками, платёжные сервисы Узбекистана сталкиваются с одной из ключевых дилемм — как найти баланс между инновациями и требованиями регуляторного комплаенса.
Maqolani o'qib chiqish