
11.07.2025
Shaxsiy moliyaviy savodxonlik — bolalikdan rivojlantirish lozim bo‘lgan ko‘nikma hisoblanadi. Bugun yurtimizning ayrim banklarida bolaga pul bilan ishlash asoslarini o‘rgatishga yordam beradigan, ota-onaga esa to‘liq shaffoflik va nazoratni taʼminlaydigan vositalar taklif qilinmoqda. Ana shunday vositalardan biri — bolalar uchun bank kartasidir.
Milliy (Uzsard, Humo) yoki xalqaro (Visa) to‘lov tizimlari asosida chiqarilgan bunday debit kartalar orqali xaridlarni, yo‘l haqi yoki mobil aloqa uchun to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek, balans va operatsiyalarni raqamli ilova orqali kuzatish mumkin. Karta ota-ona hisob raqamiga ulanib, kirish huquqlarini boshqarish imkoniyatini beradi yoki bolaning nomiga ochiladi.
Ko‘pgina bank ilovalarida alohida Bolalar bo‘limi yoki voyaga yetmaganlar uchun karta rasmiylashtirish bo‘limi mavjud. Odatda onlayn ariza topshirish, bolaning maʼlumotlarini (yosh, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma), ota-onadan birining pasportini yuklash va chiqarilish formatini tanlash (plastik yoki raqamli) kifoya.
Afzalliklari:
- to‘liq ota-ona nazorati: limitlarni belgilash va operatsiyalar tarixini kuzatish mumkin;
- naqdsiz hisob-kitoblarni xavfsiz amalga oshirish usuli;
- individual dizaynli kartani rasmiylashtirish imkoniyati;
- mobil ilova, terminal yoki hisob raqami orqali to‘ldirish.
Ko‘pchilik banklar bolalar kartasini bepul rasmiylashtiradi, baʼzilar esa mavsumiy aksiyalar doirasida taklif etadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda bir qator banklar bunday xizmatni taklif etmoqda. Ular bolani moliyaviy ekotizimga qulay, tushunarli va xavfsiz formatda kiritgan holda, zarur asosiy funksiyalarni taqdim etadi.
Bolalar kartasini ochish — oddiy rasmiyatchilik emas, balki raqamli kelajakka tizimli yondashuvning bir qismidir. Bola hayotida bunday qadamlar qanchalik erta qo‘yilsa, shu qadar erta mablag‘larni masʼuliyat bilan boshqarish, xarajatlarni rejalashtirish va baholash ko‘nikmalari barqaror shakllanadi.
Bolalar kartasi qanchalik zarur va u yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirishga yordam beradimi?
Bolalar kartasi — bu faqat qulay to‘lov vositasi emas, balki moliyaviy intizomning asosiy tamoyillari bilan bolalarni tanishtirishning samarali usuli. U bolaga pulning qadrini anglashga yordam beradi va asoslangan xarajatlar qilish kerakligini tushuntiradi. Bola asta-sekinlik bilan kichik moliyaviy maqsadlar qo‘yishni, xarajatlarni kuzatishni hamda daromad va xarajatlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rishni o‘rganadi.
Bunday tajriba haqiqatan ham yoshlar moliyaviy savodxonligini oshiradi: oddiy operatsiyalardan boshlab, ular asta-sekin real hayotda shaxsiy moliyani boshqarishning muhim elementlarini o‘zlashtiradi.
Siz, ota-ona sifatida qanday o‘ylaysiz, bolaga o‘z kartasini boshqarish imkoniyatini berish to‘g‘rimi? Bolalarimiz bugun bunday mustaqil qadamga tayyormi? Bu savollarga har bir ota-ona mustaqil ravishda javob berishi kerak. Ammo umuman olganda, bolalar kartasi — bu bolangiz bilan pul haqida suhbatni boshlash va uni boshqariladigan va xavfsiz muhitda moliyaviy masʼuliyatga o‘rgatish uchun yaxshi imkoniyatdir.

03.03.2025
IT-sohasidagi eng istiqbolli yo‘nalishlar Google, Apple yoki Amazon kabi IT-gigantlarida ishlashni orzu qilasizmi? SI (AI), kiberxavfsizlik yoki bulutli texnologiyalar sohalarida ishlash orqali kelajakni yaratmoqchimisiz? Unda ushbu post siz uchun!
Maqolani o'qib chiqish
10.02.2026
Joriy yilning 6-fevralidan boshlab banklarning eGov orqali foydalanuvchi ma’lumotlariga kirish imkoniyati vaqtincha cheklangan. Shu sababli endi Open muddatli to‘lovini rasmiylashtirish uchun banklarga oldindan rasmiy davlat servislarida ruxsat berish kerak bo‘ladi.
Maqolani o'qib chiqish
25.03.2025
Shiddat bilan rivojlanayotgan ushbu zamonda hayotimizning har bir jabhasiga texnologiyalarni singdirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Ularning yordami bilan sohalardagi mavjud muammolarni yengib, yanada qulay, xavfsiz va barqaror jamiyat qurish mumkin.
Maqolani o'qib chiqish
10.09.2025
“Birinchi yarim yillik – bu mustahkamlik sinovi”, – deya ta’kidlashi mumkin mamlakatdagi har qanday tadbirkor. O‘zbekiston uchun 2025-yilning ilk yarmi aynan shunday sinov bo‘ldi – ham raqamlarda, ham biznes kun tartibi sifatida. Statistika tarafidan qaralganda, manzara ijobiy: iqtisodiyot tezlashdi, tashqi savdo kengaydi, biznes uchun moliya yanada qulaylashdi – jumladan, raqamli platformalar orqali.
Maqolani o'qib chiqish